Innovatsion yondashuv asosida boʻlajak tarbiyachilarning kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishda innovatsion pedagogik yondashuvlarning o‘rni, mazmuni va didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, kasbiy-pedagogik kompetentlikning tarkibiy komponentlari, uni rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion yondashuvdan maqsadli va tizimli foydalanish bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy bilim, pedagogik ko‘nikma, ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va kasbiy faoliyatga mas’uliyatli munosabatini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan