Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Oʻquvchilarda raqamli madaniyatni shakllantirishning nazariy asoslari

Go'zal BoltayevaUrganch RANCH texnologiya universiteti "Texnika" kafedrasi katta o‘qituvchisi
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda o'quvchilarda raqamli madaniyatni shakllantirishning nazariy-pedagogik asoslari, uning mazmun-mohiyati hamda zamonaviy ta'lim tizimidagi o'rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, internet resurslari va sun'iy intellekt vositalarining ta'lim jarayoniga keng kirib kelishi o'quvchilarning raqamli muhitdagi faoliyatiga yangicha yondashuvni talab etmoqda [1,14]. Shu nuqtai nazardan, tadqiqotda raqamli madaniyat tushunchasining tarkibiy komponentlari — axborot savodxonligi, media savodxonlik, raqamli etikaga rioya qilish, kiberxavfsizlik ko'nikmalari hamda virtual kommunikatsiya madaniyatining o'zaro integratsiyasi yoritilgan [3,4,5]. Tadqiqot natijalari innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash va xavfsiz raqamli ta'lim muhitini yaratishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar