Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Xitoy tilini oʻrganishda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish: imkoniyatlar va muammolar

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda xitoy tilini o‘rganish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlari va yuzaga keladigan muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi AI vositalarining xitoy tilidagi lug‘at boyligi, grammatik kompetensiya, talaffuz, tinglab tushunish, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Shuningdek, generativ AI, chatbotlar, nutqni tanib olish, OCR va moslashtirilgan ta’lim texnologiyalarining amaliy imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt individual ta’lim, tezkor feedback va mustaqil mashq qilish imkoniyatlarini kengaytirishini ko‘rsatadi. Biroq AI tomonidan beriladigan ma’lumotlarning aniqligi, lingvomadaniy kontekst, akademik halollik, texnologiyaga haddan tashqari bog‘lanish va ma’lumotlar xavfsizligi kabi muammolar uning samarali qo‘llanilishida muhim cheklovlar sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli AI texnologiyalaridan o‘qituvchi nazorati va talabaning mustaqil faoliyati bilan uyg‘un holda foydalanish maqsadga muvofiq.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar