Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Noqonuniy migratsiya va uning iqtisodiyot va xavfsizlikka taʼsiri

Jamshid UrozboyevToshkent davlat yuridik universtiteti Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi magistranti
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada noqonuniy migratsiyaning asosiy sabablari sifatida iqtisodiy tengsizlik, qurolli mojarolar, siyosiy beqarorlik, iqlim o‘zgarishi va ijtimoiy omillar ko‘rsatilib, bu hodisaning qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyoti va xavfsizligiga ko‘rsatadigan ko‘p qirrali ta’siri ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot xalqaro tashkilotlar hujjatlari, Massey, Castles, Borjas, Hanson va boshqa yetakchi olimlarning nazariy ishlari, shuningdek, zamonaviy empirik tadqiqotlar asosida amalga oshirilgan. Maqolada mehnat bozori, soliq tizimi, davlat xavfsizligi va chegaralar nazorati masalalari miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan yoritlgan. Tadqiqot natijalari noqonuniy migratsiyaga nisbatan bir tomonlama munosabat yetarli bo‘lmasdan, bu murakkab hodisa ham imkoniyat, ham xavf omillarini o‘z ichiga olishini ko‘rsatib beradi. Muammoga samarali yechim ishlab chiqish uchun migratsiyaning asosiy sabablarini bartaraf etish, qonuniy imkoniyatlarni kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash tavsiya etiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar