Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

BIZNES REKLAMA DISKURSIDA SUBSTANDART BIRLIKLARNING PERSUAZIV ROLI: SOF LINGVISTIK TAHLIL

Sevara MeliyevaTermiz davlat universiteti 1-kurs tayanch doktoranti, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti akademik litseyi ingliz tili o’qituvchisi
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada biznes reklama diskursida qo‘llaniladigan substandart birliklarning lingvistik tabiati, struktur-semantik xususiyatlari hamda persuaziv imkoniyatlari tahlil qilinadi. Reklama matnlarida uchraydigan slang, jargon, oddiy so‘zlashuv unsurlari, kod-aralashuv shakllari, ekspressiv leksemalar va baholovchi birliklarning kommunikativ vazifalari yoritiladi. Tadqiqot natijasida substandart birliklarning adresat e’tiborini jalb etish, samimiylik muhitini yaratish, zamonaviylik obrazini shakllantirish, mahsulotni ijobiy baholash hamda xaridga undashdagi muhim roli asoslab beriladi. Shuningdek, ularning reklama matnidagi leksik, morfologik va pragmatik xususiyatlari ochib beriladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar