Faol metodlarning tasnifi va ularni raqamli platformalarga adaptatsiya qilish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezis faol oʻqitish metodlarining pedagogik-psixologik tasnifini va ularni zamonaviy raqamli ta’lim platformalariga adaptatsiya qilishning nazariy hamda amaliy asoslarini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda J.Dewey, L.S.Vigotskiy, J.Piaje, A.N.Leontev, D.Kolb va R.Mayer kabi olimlarning konstruktivistik, faoliyatga asoslangan va kognitiv ta’lim nazariyalari tahlil qilinib, ularning faol metodlar bilan bogʻliqligini koʻrsatuvchi sintez yaratildi. Faol metodlar yettita asosiy guruhga tasnif qilindi: muloqotga asoslangan metodlar, muammo asosidagi ta’lim, oʻyin asosidagi metodlar, hamkorlikdagi oʻrganish, kreativ metodlar, refleksiv metodlar va vaqt bosimida oʻrganish.