Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Tabiatdagi ekologik bogʻlanishlar haqidagi maʼlumotlarni shakllantirish

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatdagi ekologik bog‘lanishlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Ekologik bog‘lanishlarning mazmun-mohiyati, tabiatdagi tirik va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, o‘simliklar, hayvonlar va inson faoliyati bilan bog‘liq ekologik munosabatlarning pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik bog‘lanishlarni o‘rgatishda kuzatish, suhbat, ekskursiya, tajriba va didaktik o‘yinlardan foydalanishning samaradorligi ochib berilgan. Tadqiqot natijalari bolalarda ekologik tafakkur va ekologik madaniyatni rivojlantirishda ekologik bog‘lanishlar haqidagi bilimlarning muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar