TUPROQ GUMUSINI OSHIRISH VA SAQLASHNING ZAMONAVIY AGROBIOLOGIK USULLARI: ILMIY ASOSLARI VA ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Tezisda tuproq gumusining hosil bo'lishi va barqarorlashuvi haqidagi zamonaviy qarashlar hamda uning miqdori va sifatini oshirish usullari umumlashtirilgan. Gumus balansi organik moddaning tuproqqa kelishi va mineralizatsiya tezligi o'rtasidagi muvozanat bilan belgilanishi, uglerodning uzoq muddatli saqlanishida esa mineral zarrachalar bilan bog'langan organik modda va tuproq agregatlarining hal qiluvchi rol o'ynashi ko'rsatilgan. Organik o'g'itlar, siderat va oraliq ekinlar, o'simlik qoldiqlari, dukkakli va ko'p yillik o'tlarni o'z ichiga olgan almashlab ekish, minimal ishlov berish, biokomir (biochar), biogumus va mikrobiologik preparatlarning ta'sir mexanizmlari, afzalliklari va cheklovlari qiyosiy tahlil qilingan. Eng barqaror natija bir nechta usulni tizimli birlashtirish orqali olinishi, ayniqsa issiq va qurg'oqchil mintaqalarda organik modda kiritishni ko'paytirish bilan birga uning parchalanishini sekinlashtirish zarurligi asoslangan.
Hali tarjima qilinmagan