ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA DAVLAT NAZORATI
Annotatsiya
Ushbu tezisda O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratining huquqiy va institutsional asoslari, ekologik talablarning bajarilishini ta’minlash mexanizmlari hamda davlat ekologik nazoratining zamonaviy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining ekologiya sohasidagi qonunchiligi, davlat ekologik nazoratining vakolatlari, ekologik monitoring va nazorat mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, ekologik nazoratni raqamlashtirish, profilaktik nazorat choralarini kuchaytirish va ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratilgan.