Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Preeklampsiya erta tashxis qoʻyish va oldini olish

Madinaxon Nuriddinxo'jayevaСеntral Asian Medical University Akusher-ginekologiya yo‘nalishi bo‘yicha 1-bosqich klinik ordinatori
2026
ABI

Annotatsiya

Ayollarda bepushtlik reproduktiv tizim faoliyatining murakkab buzilishi bo‘lib, muntazam jinsiy hayotga qaramay homiladorlikning yuzaga kelmasligi bilan tavsiflanadi. Uning etiologiyasida ovulyatsiya buzilishlari, bachadon naylarining o‘tkazuvchanligi pasayishi, endometrioz, bachadon ichki patologiyalari, tuxumdonlar faoliyatining buzilishi va tuxumdon zaxirasining kamayishi muhim o‘rin tutadi. Bepushtlikni tashxislashda hayz faoliyati va akusherlik-ginekologik anamnezni baholash, gormonal tekshiruvlar, transvaginal ultratovush tekshiruvi, tuxumdon zaxirasini baholash, bachadon naylari o‘tkazuvchanligini aniqlash hamda bachadon bo‘shlig‘i patologiyalarini tekshirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, tuxumdon zaxirasini aniqlashda antimuller gormoni va antral follikulalar sonini baholash reproduktiv imkoniyatni aniqlashda muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Bachadon naylari o‘tkazuvchanligining buzilishi nay-peritoneal bepushtlikning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, uni aniqlashda gisterosalpingografiya va kontrastli ultratovush tekshiruvidan foydalaniladi. Bachadon bo‘shlig‘i patologiyalarida esa gisteroskopiya muhim diagnostik va davolash usuli hisoblanadi. Endometrioz, bachadon miomasi, endometriy polipi va bachadon ichki bitishmalari reproduktiv funksiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatib, homiladorlikning yuzaga kelishi va rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar