Boʻlajak tarbiyachilarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi keng yoritilgan. Unda kreativlik tushunchasining mohiyati, pedagogik kreativlikning ahamiyati hamda talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish omillari tahlil etilgan. Shuningdek, kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar, pedagogning kreativ potensiali va uni rivojlantirish yo‘llari ochib berilgan. Maqolada kompetentlik va kompetensiya tushunchalarining ilmiy talqinlari asosida kasbiy kompetentlik tarkibiy qismlari, jumladan, ijtimoiy, psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentliklarning mazmuni yoritilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligida kreativ kompetensiyalarni shakllantirish muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan