Oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning zamonaviy modellari va ularning samaradorligi
Aybek AtaniyozovToshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toʻrtkoʻl fakulteti, katta-oʻqituvchi
2026uz
ABI
Annotatsiya
Ushbu tezisda oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning zamonaviy modellari va ularning samaradorligi tahlil etiladi. Anʼanaviy oʻqitish usullaridan farqli oʻlaroq, sport taʼlimi modeli (Sport Education Model), fitnes taʼlimi modeli (Fitness Education Model), modulli-elektiv yondashuv hamda raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy modellarning mohiyati, ustunliklari va talabalar salomatligi, jismoniy faolligi hamda aqliy mehnat qobiliyatiga taʼsiri koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida jismoniy tarbiyani tashkil etishdagi mavjud holat, toʻsiqlar va ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos3 ta foydalanilgan manba