Boʻlajak boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishda kombinatorik yondashuvning didaktik imkoniyatlari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishda kombinatorik yondashuvning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy oliy pedagogik ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki turli pedagogik vaziyatlarda ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari va baholash usullarini maqsadga muvofiq tanlash, ularni o‘zaro uyg‘unlashtirish hamda yangi metodik yechimlarni ishlab chiqish qobiliyati bilan ham belgilanadi. Shu nuqtayi nazardan, kombinatorik yondashuv pedagogik faoliyatning turli tarkibiy elementlarini tanlash, joylashtirish, o‘zaro bog‘lash va variativ metodik konstruksiyalarni yaratishga xizmat qiluvchi didaktik yondashuv sifatida talqin etiladi. Maqolada mazkur yondashuvning bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida metodik tafakkurning variativligi, konstruktiv-loyihaviy faoliyat, pedagogik qaror qabul qilish, integrativ fikrlash hamda refleksiv-kreativ kompetentlikni rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan.