Paremiologik birliklarning lingvistik tabiati va tasnifi
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezisda paremiologik birliklarning lingvistik tabiati, ularning xalq og‘zaki ijodi va til tizimidagi o‘rni, struktur-semantik xususiyatlari hamda tasnif mezonlari yoritiladi. Paremiologik birliklar tayyor holda qo‘llanuvchi, ixcham shaklda umumlashgan hukmni ifodalovchi, obrazlilik va baholovchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan barqaror birliklar sifatida talqin qilinadi. Ishda maqol, matal, aforizm va hikmatli so‘zlarning o‘zaro farqli jihatlari, ularning kommunikativ vazifasi, semantik yaxlitligi hamda milliy-madaniy axborot tashish imkoniyati tahlil qilinadi. Shuningdek, paremiologik birliklarni struktur, semantik, funksional va lingvokulturologik mezonlar asosida tasniflash zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bionimik komponentli paremiologik birliklarni keyingi bosqichda izchil o‘rganish uchun nazariy asos vazifasini bajaradi.
Hali tarjima qilinmagan