Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Yoshlar sheʼriyatida ijtimoiy adolatsizlikning badiiy talqini

Umidjon JurayevQo‘qon universiteti mustaqil izlanuvchisi
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada zamonaviy o‘zbek yoshlar she’riyatida ijtimoiy adolatsizlik, befarqlik, sukut, ma’naviy mas’uliyatsizlik va jamiyatdagi ziddiyatlarning badiiy talqini tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida Suhrob Ziyo, Najmiddin Ermatov va Bobur Elmurod ijodidagi ijtimoiy ruhdagi she’rlar tanlandi. Yosh shoirlar voqelikni bevosita publitsistik bayon qilishdan ko‘ra ramz, kontrast, kinoya, dialogik murojaat, ichki monolog va keskin obrazlar orqali poetiklashtirishi ko‘rsatildi. Raymond Williamsning “structure of feeling” konsepsiyasi avlodning tarixiy davrni hissiy idrok etish shakllarini, M. Baxtinning dialogizm qarashlari esa lirik subyektning jamiyat bilan bahsga kirishuvchi ovozini izohlash uchun metodologik asos sifatida qo‘llandi. Tahlil natijasida yoshlar she’riyatida ijtimoiy muammo faqat tashqi hodisa emas, balki lirik qahramonning axloqiy pozitsiyasi va vijdon sinovi sifatida badiiylashtirilishi aniqlandi. Sukut, qo‘rquv, loqaydlik va adolatsizlikka qarshi so‘z aytish ehtiyoji yangi avlod lirikasining muhim ijtimoiy-estetik belgilaridan biri ekani asoslandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar