Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

SVO va SOV soʻz tartibi: ingliz va oʻzbek tillarining qiyosiy- tipologik tahlili

Ibratullo KarimovTuron Universiteti Andijon filiali 2-bsqich magistranti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tezis ingliz va o‘zbek tillarida so‘z tartibining qiyosiy-tipologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ingliz tiliga xos SVO (Subject–Verb–Object) hamda o‘zbek tilida ustuvor hisoblangan SOV (Subject–Object–Verb) modellarining strukturaviy va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Ingliz tilida so‘zlarning gapdagi joylashuvi grammatik munosabatlarni ifodalashda muhim vosita vazifasini bajarsa, o‘zbek tilida kelishik qo‘shimchalari va boshqa morfologik vositalar sababli so‘z tartibining nisbatan erkinligi kuzatiladi. Tadqiqot davomida qiyosiy-tipologik, tavsifiy va kontekstual tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlil natijalari SVO va SOV modellarining farqi faqat kesim va to‘ldiruvchining joylashuvi bilan chegaralanmasligini, balki axborot tuzilishi, ta’kid, kommunikativ maqsad hamda tarjima jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar