Boshlangʻich sinf ona tili darslarida sunʼiy intellekt asosida differensial taʼlimni tashkil etish metodikasi
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida differensial ta’limni tashkil etish metodikasi yoritilgan. Differensial ta’limning nazariy asoslari, sun’iy intellekt vositalarining ta’lim jarayonidagi didaktik imkoniyatlari hamda ularni o‘quvchilarning individual qobiliyatlari va ta’lim ehtiyojlariga mos ravishda qo‘llash usullari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning o‘qish, yozish, nutqiy va ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish, individual ta’lim trayektoriyalarini yaratish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt asosidagi differensial ta’lim boshlang‘ich sinf ona tili darslarining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning faolligi va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.