Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA XUSUSIY KORXONALARDA BOSHQARUV QARORLARINI OPTIMALLASHTIRISH YO‘NALISHLARI (ANDIJON VILOYATI MISOLIDA)

Munavvarxon SobirovaAndijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Agrobiznes va marketing kafedrasi
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda Andijon viloyatidagi xususiy korxonalarda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni optimallashtirishda sun’iy intellektdan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalishlari yoritilgan. Tadqiqotning dolzarbligi korxonalarda talabning o‘zgaruvchanligi, axborot oqimining ko‘payishi, resurslar cheklanganligi va rahbarlarning tezkor qaror qabul qilishiga bo‘lgan ehtiyoj bilan izohlanadi. Andijon viloyati bo‘yicha 2026-yil 1-mart holatidagi rasmiy statistik ma’lumotlar hududda 22 173 ta faol tijorat korxonasi mavjudligini, shundan 1 520 tasi xususiy korxona ekanini ko‘rsatadi. Tezisda AI-diagnostika, prognozlash, risklarni baholash, ssenariylarni taqqoslash va inson tomonidan yakuniy tasdiqlashdan iborat integratsiyalashgan yondashuv taklif etiladi. Shuningdek, korxonalarni AIga tayyorlik darajasiga ko‘ra baholash va joriy etishning bosqichma-bosqich modeli ishlab chiqildi. Taklif etilgan yondashuv AI’ni rahbar o‘rnini bosuvchi emas, balki boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va tezligini oshiruvchi analitik vosita sifatida ko‘rishga asoslanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar