Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Toponimik lugʻat tuzishning lingvistik va leksikografik muammolari

Ismatova Nodiraxon MaxmudovnaQo’qon Davlat Universiteti o’qituvchisi
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda toponimik lug‘at yaratish jarayonida uchraydigan asosiy lingvistik, tarixiy va leksikografik qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Toponimlarning uzoq tarixiy davr davomida fonetik o‘zgarishlarga uchrashi, mahalliy shevalar ta’sirida turli shakllarda talaffuz qilinishi, ularning turkiy, fors-tojik, arab, sug‘diy, mo‘g‘ul va boshqa tillarga mansub unsurlardan tashkil topishi lug‘at tuzish jarayonini murakkablashtiradi. Shuningdek, bir nomning turli hududlarda takrorlanishi, toponimning bir geografik obyektdan boshqasiga ko‘chishi, tarixiy va zamonaviy shakllar o‘rtasidagi farqlar hamda ayrim nomlarning etimologiyasi aniq belgilanmaganligi muhim muammolar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida toponimik lug‘at tuzishda tilshunoslik, tarix, geografiya, etnografiya va manbashunoslik ma’lumotlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish zarurligi asoslanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar