Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

RAQAMLI AXBOROT MUHITIDA TALABALAR DIQQATINING KOGNITIV XUSUSIYATLARI

Zebo XamdamovaAndijon davlat tibbiyot instituti, Xotin qizlar bo’limi uslubchisi
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda raqamli axborot muhitida talabalar diqqatining kognitiv xususiyatlari, xususan, diqqat barqarorligi, tanlovchanligi, ko‘chishi va axborotni qayta ishlash jarayonlari tahlil qilinadi. Zamonaviy talaba o‘quv faoliyati davomida katta hajmdagi raqamli axborot bilan ishlashi natijasida bir vaqtning o‘zida bir nechta axborot manbalaridan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Bu jarayon diqqat resurslarining taqsimlanishiga va ishchi xotiraga tushadigan yuklamaning ortishiga olib kelishi mumkin. Tezisda raqamli muhitda diqqat samaradorligini belgilovchi asosiy kognitiv omillar yoritilib, ta’lim kontentini psixologik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar