Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

O‘ZBEKISTONDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION KLASTERLARNING O‘RNI

Nilufarbegim XayrullayevaBuxoro davlat universiteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti o‘qituvchisi, Buxoro, O‘zbekiston
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda innovatsion klaster yondashuvining imkoniyatlari tahlil qilingan. Turizm sohasining 2017–2025-yillardagi statistik ko‘rsatkichlari, ekologik turizm va turistik klasterlarga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda amaldagi klaster loyihalari o‘rganildi. 2017–2024-yillarda jamoaviy joylashtirish vositalari soni 2,75 baravar, mehmonxonalardagi joylar soni 2 baravar oshgani, 2025-yilda xorijiy turistlar soni 11,7 mln kishiga yetgani aniqlandi. Yangi joylashtirish vositalarining asosiy qismini oilaviy mehmon uylari va xostellar tashkil etadi, ya’ni soha kichik subyektlar hisobiga o‘smoqda. Turistik klaster maqomiga qo‘yilgan talablar xizmatlar majmuasini birlashtirishga qaratilgan, innovatsion va ekologik mezonlar esa hali belgilanmagan. Shu asosda davlat, biznes, ilm-fan va mahalliy hamjamiyatni raqamli platforma atrofida birlashtiruvchi innovatsion ekoturizm klasteri modeli hamda uning faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari taklif etildi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar