Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

P-N OTISHLI DIODGA YORUGʻLIK VA DEFORMATSIYA BIRGALIKDAGI TAʼSIRI

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tezisda p-n otishli diodga yorugʻlik va mexanik deformatsiyaning birgalikdagi taʼsiri tahlil qilinadi. Yorugʻlik taʼsirida p-n otishda fotoqoʻzgʻalgan elektron-kovak juftlari hosil boʻladi va ular otishdagi ichki elektr maydoni taʼsirida ajralib, fototok hosil qiladi. Mexanik deformatsiya esa, ayniqsa piezoelektrik xususiyatga ega yarimoʻtkazgich materiallarida, otish chegarasidagi energiya zonalarini qayta taqsimlab, potensial toʻsiq balandligi va zaryadlar ajralish sohasi kengligini oʻzgartiradi. Natijada diodning fototok, javob sezgirligi va spektral xususiyatlari boshqariladi. Ishda yorugʻlik kuchi, toʻlqin uzunligi, choʻzilish va siqilish deformatsiyalari hamda ularning birgalikdagi taʼsiri asosida fotodiod parametrlarining oʻzgarish mexanizmlari koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalari moslashuvchan optoelektron qurilmalar, deformatsiya-sezgir fotodetektorlar va energiya tejovchi sensorlar yaratishda qoʻllanishi mumkin.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar