BATAT (IPOMOEA BATATAS L.) O‘SIMLIGINING QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu tezisda batat (Ipomoea batatas L.) o‘simligining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni, yuqori hosildorlik imkoniyati, ozuqaviy qiymati, chorvachilikda yem-xashak sifatidagi ahamiyati hamda qayta ishlash sanoati uchun xomashyo sifatidagi imkoniyatlari yoritilgan. Batat dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yetishtiriladigan, turli ekologik sharoitlarga moslasha oladigan va nisbatan qisqa vegetatsiya davrida oziq-ovqat mahsuloti beradigan muhim ildizmevali ekinlardan biridir. Uning tuganak ildizlari uglevodlar, kraxmal, vitaminlar, mineral moddalar, karotinoidlar, antosianinlar va boshqa biologik faol birikmalarga boy.
Hali tarjima qilinmagan