Surxondaryo viloyatida inklyuziv iqtisodiy oʻsishni statistik baholash: nazariy yondashuvlar va integral indeksni shakllantirish masalalari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Bugungi kunda iqtisodiy rivojlanishni baholashda faqat iqtisodiy o‘sish sur’atlari yoki ishlab chiqarish hajmining ortishini hisobga olish yetarli emas. Iqtisodiy o‘sish natijalarining aholi farovonligiga ta’siri, daromadlarning taqsimlanishi va iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanish darajasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli inklyuziv iqtisodiy o‘sish konsepsiyasi zamonaviy iqtisodiy tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mazkur tezisda inklyuziv iqtisodiy o‘sishning nazariy asoslari, uni statistik baholashning xalqaro tajribasi hamda Surxondaryo viloyati sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, hududiy darajada inklyuziv iqtisodiy o‘sishni baholash uchun integral indeksni shakllantirishning metodologik yondashuvlari taklif etilgan.