Bolalar qoʻshiqlarini tasniflash mezonlari va qiyosiy-poetik tahlil metodologiyasi
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada bolalar qo‘shiqlarini tasniflashning genetik, funksional, yosh, ijro, musiqiy va poetik-kompozitsion mezonlari tahlil qilinadi. Qoraqalpoq, turkman va ingliz bolalar qo‘shiqlarini yagona ilmiy tizimda qiyoslash uchun ko‘p bosqichli tasnif modeli taklif etiladi. Unda asarning yetakchi funksiyasi asosiy mezon, ijrochi va adresat munosabati, yosh bosqichi, musiqiylik darajasi, harakat, kompozitsiya va poetik vositalar esa aniqlashtiruvchi parametrlar sifatida belgilanadi. Qiyosiy-poetik tahlilda matn, tovush, kuy, harakat va ijro kontekstining birligi asoslanadi. Qoraqalpoq häyiwi, turkman hüwdisi va ingliz lullabysi, shuningdek, erkalama, sanama va kuylanuvchi o‘yin janrlarini qiyoslash tamoyillari ishlab chiqiladi.