Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Boʻlajak musiqa taʼlimi oʻqituvchilarining raqamli-pedagogik kompetensiyasini rivojlantirishning integrativ-metodik modeli

Muxlisa AtaboyevaXalqaro Nordik universiteti “Iqtisodiyot va pedagogika” fakuleti dekan muovini
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining raqamli-pedagogik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ-metodik modelning mazmuni va tuzilishi yoritilgan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarni musiqa ta’limining mazmuni va pedagogik metodlari bilan uzviy bog‘lash asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Integrativ-metodik model maqsadli, mazmuniy, jarayonli, texnologik hamda diagnostik-natijaviy komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida shakllantirilgan. Model doirasida raqamli musiqa resurslari, multimedia vositalari, nota dasturlari, interaktiv ta’lim texnologiyalari va raqamli ijodiy topshiriqlardan foydalanish imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, raqamli-pedagogik kompetensiyani rivojlantirishning asosiy pedagogik shart-sharoitlari va ularning bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashdagi ahamiyati asoslanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar