Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Sunʼiy intellekt va oʻquv analitikasini integratsiyalash asosida boʻlajak pedagoglarning texnologik kompetentligini rivojlantirish

Alibek KaldibekovChirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida sun’iy intellekt va o‘quv analitikasini integratsiyalash asosida bo‘lajak pedagoglarning texnologik kompetentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda sun’iy intellekt yordamchisidan didaktik maqsadlarda foydalanish, o‘quv faoliyati natijalarini raqamli monitoring qilish, test natijalari va platformadagi faollik ma’lumotlarini pedagogik tahlil qilish hamda ular asosida individual qayta aloqa va refleksiyani tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Smartpedagog.uz raqamli ta’lim platformasi misolida AI yordamchi, test tizimi, statistika va monitoring modullarining o‘zaro integratsiyasi asosida “diagnostika – raqamli faoliyat – AI yordami – baholash – monitoring – tahlil – qayta aloqa – refleksiya – takomillashtirish” didaktik algoritmi asoslandi. Tajriba-sinov ishlarida 350 nafar bo‘lajak pedagog ishtirok etib, 176 nafari tajriba, 174 nafari nazorat guruhiga jalb qilindi. Texnologik kompetentlik motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsion-faoliyatli, refleksiv-baholovchi va kreativ-loyihalovchi komponentlar asosida baholandi. Yakuniy natijalarda tajriba guruhining AI, raqamli kontent, monitoring va refleksiv faoliyat bilan bevosita bog‘liq komponentlari bo‘yicha nazorat guruhiga nisbatan sezilarli ustunligi aniqlandi. Olingan natijalar sun’iy intellekt va o‘quv analitikasini metodik jihatdan integratsiyalash bo‘lajak pedagoglarning texnologik kompetentligini rivojlantirishda samarali pedagogik mexanizm bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar