Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Boshlangʻich sinflarda soʻz maʼnosi ustida ishlashda integrativ yondashuvlar: til va tasvir uygʻunligi

Muhtaram HusenovaNavoiy davlat universiteti, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktaranti
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida so‘z ma’nosi ustida ishlashni takomillashtirishning integrativ yondashuvga asoslangan metodik imkoniyatlari tadqiq etiladi. Xususan, lingvistik birliklarning semantik mazmunini o‘quvchiga yetkazishda verbal va vizual komponentlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, so‘z–tasvir–tushuncha–nutq faoliyati integratsiyasi, rasmli-izohli o‘quv materiallaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari ochib beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, so‘z ma’nosini o‘zlashtirish jarayonida tasvirning faqat illustrativ vosita emas, balki semantik axborot tashuvchi va kognitiv faoliyatni faollashtiruvchi didaktik komponent sifatidagi funksiyasi asoslanadi. Shuningdek, til va tasvir uyg‘unligiga asoslangan topshiriqlar tizimi hamda uning metodik modeli taklif etiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar