Davlat oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy barqarorligini oshirishning istiqbolli yoʻnalishlari
Annotatsiya
Davlat oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligi ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani yangilash hamda malakali kadrlar salohiyatini mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. O‘zbekistonda ushbu masalaning strategik ahamiyati Prezidentning 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan bo‘lib, unda oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda investitsiyaviy jozibadorligini oshirish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etilgan.
Hali tarjima qilinmagan