Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning raqamli-didaktik taʼminoti

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning raqamli-didaktik ta’minoti masalasi yoritilgan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga joriy etilishi o‘qituvchining faqat texnik ko‘nikmalarini emas, balki raqamli resurslarni pedagogik maqsadga muvofiq tanlash, ta’lim mazmunini raqamli muhitga moslashtirish, interaktiv o‘quv topshiriqlarini loyihalash, raqamli baholash vositalaridan foydalanish, o‘quvchilarning individual ta’lim ehtiyojlarini hisobga olish hamda o‘z kasbiy faoliyatini raqamli vositalar asosida tahlil qilish kompetensiyalarini shakllantirishni talab etishi asoslangan. Tadqiqotning metodologik asosini tizimli, kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan va texnologik yondashuvlar tashkil etadi. Tadqiqot natijasida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi raqamli-didaktik ta’minotning tarkibiy komponentlari aniqlashtirilib, uning funksional imkoniyatlari va foydalanish bosqichlari taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar