Boshlangʻich taʼlimda inklyuziv STEAM yondashuvining pedagogik imkoniyatlari
Annotatsiya
Mazkur tezisda boshlang‘ich ta’limda inklyuziv STEAM yondashuvidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. STEAM yondashuvining fanlararo integratsiya, amaliy faoliyat, muammoli vaziyatlarni hal etish, ijodkorlik va hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari inklyuziv ta’lim talablari bilan uyg‘unlashtiriladi. Turli ta’limiy ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni STEAM faoliyatiga jalb etishda differensial yondashuv, topshiriqlarni moslashtirish, guruhli hamkorlik va individual ishtirokni ta’minlashning pedagogik ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, “umumiy maqsad – moslashtirilgan faoliyat – umumiy ta’limiy natija” tamoyili asosida inklyuziv STEAM muhitini tashkil etish imkoniyatlari asoslanadi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda STEAM yondashuvini inklyuziv ta’lim bilan integratsiyalash o‘quvchilarning faol ishtiroki, mustaqil fikrlashi va amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.