Badiiy matnning madaniy kontekstini oʻrganish orqali boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarining adabiy kompetensiyasini rivojlantirish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada badiiy matnning madaniy kontekstini o‘rganish orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining adabiy kompetensiyasini rivojlantirish masalasi tadqiq etiladi. Badiiy asarni mazmuniy va lingvistik jihatdan anglash bilan bir qatorda, unda aks etgan milliy-madaniy qadriyatlar, tarixiy voqelik, urf-odatlar, an’analar, ijtimoiy munosabatlar hamda madaniy ramzlarni tushunish adabiy matnni to‘laqonli interpretatsiya qilishning muhim sharti sifatida qaraladi. Tadqiqotda madaniy kontekst va adabiy kompetensiyaning o‘zaro aloqasi, badiiy matnni madaniyatlararo yondashuv asosida tahlil qilishning didaktik imkoniyatlari hamda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tahliliy, interpretativ va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, badiiy matn tarkibidagi lingvomadaniy birliklar, realiyalar, ramzlar va precedent hodisalarni kontekstual tahlil qilish orqali talabalarning madaniy bilimlarini chuqurlashtirish imkoniyatlari asoslanadi. Maqolada madaniy kontekstni tizimli o‘rganish bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining badiiy asarni mustaqil tahlil qilish, muallif pozitsiyasini anglash va turli madaniy hodisalarni qiyosiy baholash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.