CHUQUR DEPRESSIV BUZILISH VA UYQUSIZLIK BUZILISHI KOMORBIDLIGIDA UYQU SIMPTOMLARINING DEPRESSIYA KLINIK KECHISHI BILAN BOG‘LIQLIGI
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tezisda chuqur depressiv buzilish (major depressive disorder) va uyqusizlik buzilishining komorbid kechishida uyqu simptomlari bilan depressiyaning klinik namoyon bo‘lishi, simptomlar og‘irligi, davolash samaradorligi hamda qaytalanish xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Uyquga ketishning qiyinlashuvi, tungi uyg‘onishlar, erta tongda uyg‘onish va uyqu sifatining pasayishi depressiv buzilishlarda muhim klinik belgilar hisoblanadi. Xalqaro longitudinal tadqiqotlar uyqusizlik depressiya rivojlanishining mustaqil prognostik omillaridan biri bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan. Tezisda epidemiologik tadqiqotlar, metatahlillar va randomizatsiyalangan klinik sinovlar natijalari umumlashtiriladi. Shuningdek, uyqusizlik simptomlarining depressiv epizod davomiyligi, remissiya barqarorligi va takroriy depressiv epizodlar yuzaga kelishidagi ahamiyati yoritiladi. Tahlil natijalari komorbid holatlarni baholashda uyqu simptomlarini alohida klinik ko‘rsatkich sifatida o‘rganish hamda depressiyani davolash jarayonida uyqusizlikka yo‘naltirilgan terapevtik yondashuvlarni qo‘llash muhimligini asoslaydi.
Hali tarjima qilinmagan