Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Autoimmun tireoidit modelida periferik immun aʼzolarining morfofunksional va immunogistokimyoviy oʻzgarishlari (tajribaviy tadqiqot)

Shohista IslomovaIlmiy rahbar: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi katta o'qituvchisi, PhDMaftuna GulmirzayevaToshkent Davlat Tibbiyot Universiteti davolash ishi talabasiMadina UmarovaToshkent Davlat Tibbiyot Universiteti davolash ishi talabasi
2026
ABI

Annotatsiya

Dolzarbligi. Autoimmun tireoidit (AIT), xususan Hashimoto tireoiditi, qalqonsimon bezning eng ko‘p uchraydigan organ-spetsifik autoimmun kasalliklaridan biri hisoblanadi. Kasallik immun tolerantlikning buzilishi natijasida rivojlanib, tireoglobulin (Tg) va tireoid peroksidaza (TPO) kabi autoantigenlarga qarshi immun javobning kuchayishi bilan tavsiflanadi. Autoimmun tireoidit patogenezida hujayraviy va gumoral immunitet mexanizmlari muhim o‘rin egallaydi. Faollashgan CD4⁺ T-helper limfotsitlar B-limfotsitlarni rag‘batlantirib autoantitanalar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, CD8⁺ sitotoksik T-limfotsitlar esa tireotsitlarning destruksiyasiga olib keladi. Shu bilan birga, makrofaglar, dendrit hujayralar hamda IFN-γ, IL-6, IL-17 va TNF-α kabi yallig‘lanish sitokinlari autoimmun jarayonni yanada kuchaytiradi. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar FOXP3 musbat regulyator T-limfotsitlar soni va funksiyasining kamayishi periferik immun tolerantlik buzilishida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatmoqda.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar