GERMANIYA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING O‘ZIGA XOSLIKLARI
Annotatsiya
Mazkur tezisda Germaniya maktabgacha ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, bolaga individual yondashish, o‘yin orqali o‘rganish, mustaqil fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish, oila hamda maktabgacha ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati tahlil qilingan. Germaniya tajribasining samarali jihatlarini O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimi bilan qiyosiy o‘rganish asosida milliy ta’lim amaliyotida foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy qarashlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan