Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Kichik biznes subyektlarida sunʼiy intellekt asosida bozor talabini prognozlashning iqtisodiy samaradorligi

Gulnoza TursunxoʻjayevaBiznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Marketing va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi-mustaqil izlanuvchisi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarida sunʼiy intellekt asosida bozor talabini prognozlashning iqtisodiy samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda maʼlumot bazasi, algoritmik model va boshqaruv qarorini birlashtiruvchi uch bosqichli yondashuv ishlab chiqildi. Xalqaro prognozlash natijalari, OECD maʼlumotlari va Oʻzbekiston kichik tadbirkorligiga oid rasmiy statistika qiyosiy oʻrganildi. Prognoz aniqligining zaxira meʼyori, aylanma mablagʻ, saqlash xarajatlari va yoʻqotilgan savdoga taʼsiri iqtisodiy jihatdan asoslandi. Natijalar sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanish talabni aniqroq baholash, zaxiralarni optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va boshqaruv qarorlarining sifatini oshirish imkonini berganini koʻrsatdi. Taklif etilgan yondashuv kichik korxonalarda sunʼiy intellektni bosqichma-bosqich joriy etish va uning moliyaviy natijadorligini baholash uchun amaliy asos yaratdi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar