TA’LIM TIZIMINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA QILISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI VA DTMM–EDU RAQAMLI YETUKLIK MODELI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi sharoitida ta’lim tizimining raqobatbardoshligi moddiy resurslar va pedagogik salohiyat bilan bir qatorda raqamli transformatsiya darajasi bilan ham belgilanmoqda. Sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish (Big Data), bulutli texnologiyalar va ta’lim analitikasi (Learning Analytics) ta’lim jarayonlarini tashkil etish, boshqarish va baholash mexanizmlarini tubdan qayta shakllantirmoqda. COVID-19 pandemiyasi davrida masofaviy ta’limning ommaviy joriy etilishi ta’lim muassasalarining raqamli tayyorgarligi, pedagoglarning raqamli kompetensiyasi va boshqaruv tizimlarining moslashuvchanligi o‘rtasidagi tafovutlarni yaqqol namoyon etdi.