Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA “YURAK” VA “QALB/DIL” BIRLIKLARI ORQALI EMOTSIONAL KONSEPTLARNING VERBALIZATSIYASI

Abdurasulova MuazzamxonQo‘qon universiteti Andijon filiali Tibbiyotda tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada rus va o‘zbek tillarida insonning emotsional tajribasi “yurak”, “qalb”, “dil” hamda rus tilidagi “serdtse” va “dusha” birliklari orqali qanday ifodalanishi kognitiv-pragmatik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda mazkur birliklar faqat tana a’zosi yoki ruhiy holat nomi sifatida emas, balki milliy tafakkur, baholash, hamdardlik, ranjish, sevgi, qo‘rquv va ichki kechinmalarni ifodalovchi ko‘p qatlamli konseptual maydon sifatida qaraladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida “yurak”, “qalb” va “dil” semantik-pragmatik jihatdan ancha nozik farqlanadi, rus tilida esa bu ma’no qatlamlari ko‘proq ikki asosiy birlik atrofida jamlanadi. Maqola tarjima, madaniyatlararo muloqot va nutq tahlili uchun ahamiyatli xulosalar beradi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar