Raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq maʼmurchiligini transformatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlari va istiqbollari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy munosabatlarning yangi bosqichini shakllantirib, davlat boshqaruvi, biznes faoliyati va aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida tezkorlik, shaffoflik hamda ochiqlik talablarini kuchaytirmoqda. Soliq ma’murchiligi esa davlat moliyasining eng muhim institutsional bo‘g‘inlaridan biri sifatida ushbu jarayonlardan bevosita ta’sirlanadi. An’anaviy soliq boshqaruvida hujjat aylanishi, qo‘lda tekshirish, ko‘p bosqichli murojaatlar va inson omiliga bog‘liq qarorlar ustun bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi bosqichda soliq organlari real vaqt rejimida ma’lumot olish, risklarni avtomatik aniqlash, soliq to‘lovchilarni masofadan qo‘llab-quvvatlash va xizmatlarni mobil qurilmalar orqali ko‘rsatish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqda.