NAMANGAN VILOYATIDA XALQARO AVTOMOBIL YUK TASHISH YO‘NALISHLARINI IQTISODIY SAMARADORLIK BO‘YICHA SEGMENTLASH
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda Namangan viloyatidan amalga oshiriladigan xalqaro avtomobil yuk tashish yo‘nalishlarini masofa, birlik transport xarajati va kutiladigan iqtisodiy natijaga ko‘ra guruhlash yondashuvi taklif etilgan. Maqsad transport korxonalari uchun barcha yo‘nalishlarga bir xil boshqaruv siyosatini qo‘llash o‘rniga, marshrut xususiyatiga mos differensial strategiyani shakllantirishdan iborat. Tadqiqot natijasida o‘rta masofali, uzoq masofali va strategik uzoq yo‘nalishlar uchun xarajatlarni boshqarish ustuvorliklari farqlanishi ko‘rsatildi. O‘rta masofali tashuvlarda transport vositasining aylanish tezligi va qaytish yuklari, uzoq tashuvlarda esa yoqilg‘i, bojxona va ekspluatatsiya xarajatlari asosiy boshqaruv obyektlari sifatida taklif etilgan.