Turing mashinasi va hisoblash toʻliqligi konsepsiyasining zamonaviy dasturlash tillarida namoyishi
Dilnoz JovliyevaXalqaro innovatsion universiteti oʻqituvchisi
2026uz
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada Turing mashinasi konsepsiyasi va hisoblash to'liqligi tushunchalarining zamonaviy dasturlash tillarida qanday namoyon bo'lishi nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Alan Turing tomonidan 1936-yilda taqdim etilgan universal hisoblash modeli va uning zamonaviy dasturlash amaliyotidagi ahamiyati ko'rib chiqiladi. Maqolada Turing to'liqligi mezonining Python, Java, C++ va boshqa keng tarqalgan dasturlash tillarida qanday ta'minlanishi adabiyotlar tahlili orqali baholanadi. Asosiy e'tibor nazariy informatika konsepsiyalarining amaliy dasturlashga ko'prik vazifasini bajarishiga qaratilgan.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba