Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Sunʼiy intellektdan foydalanishda akademik halollik va refleksiv tafakkur uygʻunligi

Dilnoza NajimidinovaAndijon davlat texnika instituti, “Tillar va gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta'lim tizimida sun'iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning axloqiy-pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta'lim jarayoniga avtomatlashtirilgan baholash tizimlari, shaxsiylashtirilgan o'quv dasturlari va generativ til modellari (ChatGPT, Claude, Gemini kabi) faol kirib kelmoqda, biroq bu jarayon akademik halollik, ta'lim maqsadlari va talabaning mustaqil fikrlash mas'uliyati bo'yicha yangi muammolarni yuzaga chiqarmoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi — SIdan foydalanishning axloqiy mezonlarini belgilash, akademik halollik talablarini SI sharoitida qayta ko'rib chiqish hamda talabalarda refleksiv tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Muallif shaffoflik, mas'uliyatlilik, adolat va teng imkoniyat, maxfiylik hamda intellektual mulk huquqlarini SIdan foydalanishning asosiy axloqiy tamoyillari sifatida ko'rsatadi. Maqolada SI davrida plagiat tushunchasining o'zgarishi alohida ta'kidlanadi: generativ modellar tomonidan yaratilgan har bir matn o'ziga xos bo'lgani sababli, an'anaviy antiplagiat vositalari bunday kontentni har doim ham aniqlay olmaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar