Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

BEDA TUPLANISHI VA MAHSULDOR POYALAR SHAKLLANISHIGA «IMMUNO AKTIV» PREPARATINING TA’SIRI

Komilov K.S.A.Z. To‘xtasinovAndijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti tayanch doktoranti;
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada Farg‘ona viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida «Immuno aktiv» preparatini to‘rt fenologik fazada va uch me’yorda (30, 40, 50 g/ga) qo‘llashning beda (Toshkent-1 navi) tuplanishi, ko‘chat zichligi va mahsuldor poyalar shakllanishiga ta’siri uch yillik (2024–2026) dala tajribasi asosida tahlil qilingan. Preparat qo‘llangan barcha variantlarda tuplanish va mahsuldor poyalar soni nazoratdan ishonchli yuqori bo‘ldi. Eng yuqori natija o‘sish boshlanishi fazasida 50 g/ga me’yorda olindi: bir tupdagi poyalar soni 8,1 dan 14,7 tagacha, mahsuldor poyalar soni 14,48 dan 37,55 mln dona/ga gacha (2,6 marta) ortdi. Mahsuldor poyalar soni ortishining 61–72 % i tuplanish, 19–26 % i mahsuldor poyalar ulushi, qolgan qismi esa ko‘chat zichligi hisobiga shakllandi. Nazoratda o‘tloq siyraklashganda poyalar soni 41,5 % ga kamaygan bo‘lsa, preparat qo‘llanganda siyraklashuv tuplanish hisobiga to‘liq qoplandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar