Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA KO‘P MA’NOLILIK, MA’NODOSHLIK VA ZIDLANISH MUNOSABATLARINING KOLLOKATSIYA DARAJASIDA NAMOYON BO‘LISHI

Xaydar XamdamovAxborot texnologiyalari va menejment universiteti f.f.f.d., Filologiya kafedrasi dotsent v.b. ORCID: 0009-0009-3225-763X
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

So‘zning nechta ma’nosi borligi, qaysi so‘z unga ma’nodosh yoki zid ekani alohida olingan so‘zda emas, u boshqa so‘z bilan birikkanda hal bo‘ladi. Maqola shu fikrni o‘zbek va ingliz tillari misolida tekshiradi. Aniqlanishicha, ko‘p ma’noli so‘zning har bir ma’nosiga bitta emas, butun bir qator kollokatlar to‘g‘ri keladi. Og‘ir va heavy sifatlari bo‘yicha tuzilgan 13 qatorning atigi 2 tasi ikki tilda aynan bir xil chiqdi; zid ma’noli juftliklar bo‘yicha 19 qatordan 1 tasi. Ma’nodosh kollokatlar to‘rt jihatdan farqlanadi: hodisa qaysi bosqichda ekani, to‘liqlik darajasi, nima o‘lchanayotgani, uslub va qo‘llanish doirasi. Zid ma’noli so‘z esa so‘zning lug‘atdagi birinchi ma’nosiga emas, baza yuzaga chiqargan semaga qarab tanlanadi. Jami 49 qatordan 13 tasida to‘liq, 21 tasida qisman moslik bor, 15 tasida moslik yo‘q.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar