Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA RAQAMLI TA’LIM MUHITINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida raqamli ta’lim muhitini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari hamda uni samarali boshqarish masalalari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga joriy etilishi faqat texnik vositalar bilan ta’minlash masalasi emas, balki maktab boshqaruvi, pedagoglarning raqamli kompetentligini rivojlantirish, ta’lim resurslaridan oqilona foydalanish, ma’lumotlarga asoslangan monitoring va o‘quvchilarning individual ta’lim ehtiyojlarini hisobga olish bilan bog‘liq kompleks jarayon sifatida talqin etilgan. Tadqiqotda raqamli ta’lim muhitini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shartlari, boshqaruv mexanizmlari va asosiy mezonlari aniqlashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim tizimida raqamlashtirish jarayonining amaliy jihatlari hamda xalqaro tajribadagi asosiy yondashuvlar tahlil qilingan. Maqola yakunida maktablarda raqamli ta’lim muhitini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar