Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

OʻZBEK TILI MATNLARIDA SEMANTIK MUNOSABATLARNI ANIQLASHNING MORFOLOGIK BELGILAR VA TRANSFORMER ARXITEKTURASIGA ASOSLANGAN GIBRID MATEMATIK MODELI

Lobar RuzimurodovaQarshi davlat universiteti, Qarshi shahri, Oʻzbekiston
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda o‘zbek tilidagi matnlarda semantik munosabatlarni avtomatik aniqlashning morfologik belgilar va Transformer arxitekturasiga asoslangan gibrid matematik modeli taklif etiladi. Modelning asosini kontekstual vektorlarni shakllantiruvchi Transformer encoder, so‘zlarning morfologik xususiyatlarini ifodalovchi belgi vektori hamda semantik munosabatlarni tasniflovchi neyron tarmoq tashkil etadi. Taklif etilayotgan yondashuvda morfologik va kontekstual axborot yagona matematik fazoda birlashtirilib, semantik munosabatlarni aniqlash masalasi ko‘p sinfli klassifikatsiya muammosi sifatida qaraladi. Modelning matematik ifodasi, o‘qitish mezoni va algoritmik bosqichlari bayon qilinadi. Shuningdek, model samaradorligini baholash uchun tajribaviy tadqiqot metodikasi ishlab chiqiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar