“Boʻlajak boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarini STEAM asosida metodik tayyorlashning samarali usullari”
Annotatsiya
Mazkur tezisda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini STEAM asosida metodik tayyorlashning mazmuni va samarali usullari yoritiladi. Zamonaviy boshlang‘ich ta’limda STEAM yondashuvini samarali qo‘llash o‘qituvchidan fanlararo integratsiyani amalga oshirish, amaliy va loyihaviy topshiriqlarni ishlab chiqish, o‘quvchilarning individual ta’limiy ehtiyojlarini hisobga olish hamda ta’lim natijalarini baholashga oid metodik kompetensiyalarni talab etadi. Shu nuqtayi nazardan, bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishda pedagogik vaziyatlar, keyslar, mikroo‘qitish, STEAM topshiriqlarini loyihalash, amaliy mashg‘ulotlar va refleksiv faoliyatdan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tezisda metodik tayyorgarlikning “nazariy bilim – metodik loyihalash – amaliy sinov – refleksiya – qayta loyihalash” ketma-ketligi taklif etiladi. Mazkur yondashuv bo‘lajak o‘qituvchilarning STEAM mashg‘ulotlarini mustaqil loyihalash va turli ta’limiy ehtiyojlarga moslashtirishga tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qiladi.