Boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarining intellektual kompetentligini rivojlantirishda adaptiv oʻqitish tizimlarining oʻrni
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining intellektual kompetentligini rivojlantirishda adaptiv o'qitish tizimlarining o'rni va imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Adaptiv o'qitish tizimlarining asosiy xususiyatlari, ularning an'anaviy o'qitish metodologiyasidan farqlari va pedagogik ta'sirchanligi tadqiq qilingan. Sun'iy intellekt texnologiyalari asosidagi intellektual tizimlar bo'lajak o'qituvchilarning kognitiv, kommunikativ va metakognitiv kompetentliklarini shakllantirishdagi roli chuqur o'rganilgan. Ilmiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv va eksperimental ma'lumotlar asosida xulosalar shakllantirilib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.