AYOLLARNING MOLYAVIY SAVODXONLIGI – OILAVIY IQTISODIY BARQARORLIK OMILLARI: MUAMMOLAR, IMKONIYATLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI.
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada ayollarning moliyaviy savodxonligi va oilaviy iqtisodiy barqarorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nazariy hamda amaliy jihatdan yoritiladi. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda moliyaviy savodxonlik nafaqat daromad va xarajatlarni boshqarish ko‘nikmasi, balki oilaning uzoq muddatli farovonligini ta’minlash, moliyaviy xavflarni kamaytirish, jamg‘armalarni shakllantirish va kutilmagan iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashish imkoniyatini belgilovchi muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda moliyaviy savodxonlikning mazmuni, ayollarning moliyaviy qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki, raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda oilaviy iqtisodiy barqarorlikka ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar tahlil qilinadi. Annamaria Lusardi va Olivia S. Mitchell, OECD hamda Jahon banki tadqiqotlarining ilmiy xulosalariga tayangan holda moliyaviy bilim, iqtisodiy xulq-atvor va moliyaviy farovonlik o‘rtasidagi munosabatlar izohlanadi. O‘zbekiston sharoitida ayollarning bandligi, daromad manbalarining xilma-xilligi, moliyaviy xizmatlardan foydalanish, raqamli xavfsizlik va oilaviy budjetni rejalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqola yakunida ayollarning moliyaviy kompetensiyalarini rivojlantirish, amaliy moliyaviy ta’limni kengaytirish va oilalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.
Hali tarjima qilinmagan