Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

AUTIZM SPEKTRI BUZILISHI BO‘LGAN BOLALARDA MULOQOT KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA O‘YIN FAOLIYATIDAN FOYDALANISH

Nazokat AbidovaNizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD)
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada autizm spektri buzilishi (ASB) bo‘lgan bolalarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘yin faoliyatidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Autizm spektri buzilishi bo‘lgan bolalarda ijtimoiy munosabatlarga kirishish, ko‘z bilan aloqa o‘rnatish, murojaatni tushunish, o‘z xohish-istaklarini ifodalash va tengdoshlari bilan hamkorlik qilishda muayyan qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin. Shu sababli korreksion-pedagogik jarayonda bolaning qiziqishlari, sensor xususiyatlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘yin faoliyatidan maqsadli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada o‘yin orqali dastlabki muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, ko‘z bilan aloqa o‘rnatish, kattalar va tengdoshlar bilan o‘zaro ta’sirni rivojlantirish, sensor o‘yinlardan foydalanish hamda hissiy-semantik sharhlashning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba